SONLAR, SHAKLLAR VA  RASMLAR KETMA-KETLIGIGA DOIR MASALALAR

SONLAR, SHAKLLAR VA RASMLAR KETMA-KETLIGIGA DOIR MASALALAR

SONLAR, SHAKLLAR VA RASMLAR KETMA-KETLIGIGA DOIR MASALALAR

(1- sinf, II chorak)

 

Dars maqsadi:
ta’imiy: o‘quvchilarga matematika fanining zarurati haqida tushuntirish. Sonlar, shakllar va rasmlar ketma-ketligiga doir masalalar yechishni o‘rgatish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarda do‘stona munosabatni shakllantirish, ularni vataparvarlik ruhida tarbiyalash. Ekologik tarbiya berish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni erkin fikrlash qobiliyatini rivoj­lantirish, darsda o‘rganganlarini hayotda mustaqil qo‘llay ­olishni o‘rgatish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Metod: noan’anaviy, interaktiv usullar.
Jihoz: darslik, turli ko‘rgazmalar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi.
Darsni tashkillashtirish:
Navbatchidan axboroti so‘raladi. O‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun Vatan haqida she’rlar, fanga oid maqollar, tez aytishlar so‘raladi.
O‘qituvchi: — Bugungi darsimizni qiziqarli tashkillashtirish uchun guruhlarga bo‘linib olamiz. Bunda yangi mavzu nomidan foydalanamiz. «Avtofokus» metodi yordamida guruhlarga bo‘linamiz.
1- guruh: «Sonlar».
2- guruh: «Shakllar».
3- guruh: «Rasmlar».
Guruhlar shiori:

Sonlar:

Shakllar:

Rasmlar:

O‘qituvchi: – Barakalla bolajonlar!
1. Bolajonlar biz qanday diyorda yashaymiz?
2. Vatan deganda nimani tushunasiz?
Har bir guruh uchun alohida qog‘oz doskaga ilib qo‘yiladi. «Klaster» usulida ma’lumot yozamiz. Ma’lumotlar kreativligi va ma’nosiga qarab rag‘batlantiriladi.

«Zanjir» usulida Vatanni ta’riflab maqollar aytamiz:
1. Vatani borning baxti bor.
2. Ona yurting oltin beshiging.
3. Bulbul chamanini sevar, odam Vatanini.
Matematika faniga doir maqollar ayting:
1. Sanamay sakkiz dema.
2. Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.
3. Bir tup tol kessang, o‘n tup tol ek.
4. Yetti o‘lchab, bir kes.
5. Bir mayizni qirq kishi bo‘lib yer.
6. Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni.
II. O‘tilganlarni mustahkamlash.
O‘qituvchi: – Bolajonlar, uyga berilgan topshiriqlarni to‘gri bajarganingizni «Brainwalking» metodi orqali tekshirib olamiz.


Bolajonlar har bir darsdagi ishtiroki uchun rag‘bat ballarini yig‘ib borishadi, dars so‘nggida ballar asosida baholanadi.
Diqqatni jamlash uchun: «Fokus» metodi. Har bir o‘quvchiga quyidagi topshiriq ifodalangan kartochka tarqatiladi. O‘quvchilar kartochkaga mustaqil javob yozishadi. Topshiriqni bajarish asnosida diqqatni jamlab olishadi.

III. Yangi mavzu:
Sonlar, shakllar va rasmlar ketma-ketligiga doir masalalar.
Yangi mavzuni tushuntirishda Ta’lim.uz platformasidan foydalaniladi. Topshiriqlar monitorda namoyish etiladi. Mavzuga mos topshiriqlar ham o‘quvchilar bilan birgalikda bajariladi.
Darslik bilan ishlash. «Aksiya» metodi: darslikda berilgan 3 topshiriqni to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar bonus ballar bilan rag‘batlantiriladi.

1- topshiriq: Baklashka qopqoqlariga sonlarni yozib guruhlarga tarqatiladi, qaysi guruh tezkorlik bilan bajarsa, rag‘batlantiriladi.

2- topshiriq: Har bir o‘quvchiga kartochkalar tarqatiladi va topshiriqni qog‘ozga bajarib topshirishadi.

Rangli qog‘ozlardan ushbu shakllar qirqib olinadi va o‘quvchilar tushib qolgan shakllarni kerakli joyga joylab chiqadi.
Dam olish daqiqasi: «Meni tushun» o‘yini.
IV. O‘tilganlarni mustahkamlash.
«Kubik» metodi. Kubikchalarga yozilgan misollar beriladi. O‘quvchilar ifodaning qiymatini topishadi.


«Imkon shou» o‘yini: past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun imkoniyat beriladi.
V. Baholash.
O‘qituvchi: – Mana aziz o‘quvchilar, bugungi darsimiz o‘z nihoyasiga yetdi.
Men sizlarga she’riy masala berib, darsimni yakunlayman.
Terak bo‘yi 10 metr,
Majnuntol-chi 4 metr.
Ikkalasining bo‘yi,
Bo‘ladi necha metr?
Yechish: 10+4=14.
Javob: 14 metr
O‘qituvchi: – Barakalla bolajonlar, bugun darsda barchangiz faol qatnashdingiz. To‘plagan ballaringiz asosida baholanasiz. Bugungi darsimiz sizlarga yoqdimi?
G‘olib guruh aniqlanib, taqdirlanadi.
VI. Uyga vazifa:
Darsda o‘tilganlarni takrorlash.

Irodaxon SHODIYEVA,
Yozyovon tumanidagi
12- maktabning boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi.

Fikr bildirish