3-SINF OʻQUVCHISI JAHONGIR — B2 SERTIFIKAT SOHIBI
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabining 3-sinf oʻquvchisi Jahongir Tairov ingliz tili boʻyicha xalqaro imtihonda yuqori natija qayd etib, B2 darajadagi sertifikatni qoʻlga kiritdi.
Eng quvonarlisi, Jahongir ushbu muvaffaqiyatga erishgan viloyatdagi eng yosh oʻquvchilardan biri hisoblanadi.
Bu yutuq — yosh iqtidor egasining bilimga boʻlgan ishtiyoqi, tinimsiz mehnati hamda ustozlarining fidokorona ta’lim-tarbiyasi samarasidir.
Jahongirga kelgusida yanada katta zafarlar tilaymiz!
Qashqadaryo viloyati MMTB Axborot xizmati
