QADRLI YOSHLAR!

QADRLI YOSHLAR!

QADRLI YOSHLAR!

Barchangizni Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman!

Sizlarning bilimga intilishingiz, yangilikka qiziqishingiz va katta maqsadlar sari dadil odimlayotganingiz yurtimiz kelajagiga bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamlaydi.

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida yaratilayotgan imkoniyatlarning barchasi sizlarning qobiliyatingizni namoyon etishingiz, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, yetuk inson bo‘lib kamol topishingiz uchun xizmat qiladi.

Aziz yoshlar, doimo o‘z kuchingizga ishoning, izlanishdan to‘xtamang va yuksak marralar sari intiling. Biz sizlarni qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyormiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin! Sizlarga baxt, omad va ulkan zafarlar tilayman!

Hurmat bilan,
Eʼzoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Fikr bildirish