Darsning maqsadlari:
ta’limiy: o‘quvchilarga simmetriya, simmetrik figuralar haqida tushuncha berish. Simmetriya haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, geometrik figuralardan simmetriya o‘qini o‘tkazishni o‘rgatish;
TK1: turli axborot manbalaridan simmetriyaga mos ma’lumotlarni topa bilish. Fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
FK: simmetrik figuralarni hayotda topa olish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Buyuk ajdodlarimiz meroslarini asrab avaylashga o`rgatish
TK-4: atrofdagilar bilan o`zaro muloqot chog`ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni simmetriya haqidagi tasavvurini kengaytirish, tabiatdan simmetriyaga mos narsalarni topa olish;
FK-2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.
Dars turi: mustahkamlovchi dars.
Dars metodi: tushuntirish, suhbat, amaliy mashg‘ulot, To‘g‘ri-noto‘g‘ri” metodi,” Zanjir” o‘yini
Darsning jihozi: geometrik figuralar, daraxt barglari, ko‘rgazmalar, tarqatmalar, test savollari, AKT, multimediya ilovalari, cho‘plar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish. Sinfdagi o‘quvchilarni va xonani darsga tayyorligini nazorat qilish. Navbatchi axborotini tinglash.
II. O‘tgan mavzuni takrorlash.
Simmetriyaga misollar keltiring.
To‘g‘ri tortburchakdan simmetriya o‘qi o‘tkazing.
“Zanjir” o‘yini. Simmetrik jismlarni aytish.
Ayiqning oyog‘i, kapalak qanoti, daftarning o‘rtasini ochganda, oynadagi aksingiz, olmani teng ikkiga bo‘lish, tortni teng qismlarga bo‘lish.
- Yangi mavzuni tushuntirish.
1—5- misol-masala
Simmetriya — yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘lchovdosh degan ma’noni anglatadi.
Kundalik hayotimizda simmetriyaga juda ko‘p uchraymiz. Masalan, daraxtlarning barglari, qushlar va hasharotlar qanoti, hayvonlarning quloqlari, oyoqlari, tuyoqlari va hakozo.
Simmetriya — bir butun narsani tashkil etuvchi qismning markaziy o‘qi.
- Aylana chizing. Aylana markazidan diametr o‘tkazing. Aylana diametri uning simmetriya o‘qi bo‘lishini
- Simmetriya o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘lgan ikkita uchburchak chizing. Uchburchaklarning o‘zaro simmetrik bo‘lgan burchaklarini kesmalar yordamida tutashtiring. a) Teng tomonli
- a) uchburchak chizing. Uning simmetriya o‘qini toping.b) Teng yonli uchburchak chizing. Unga nechta simmetriya o‘qi o‘tkazish mumkin?
- d) Turli tomonli uchburchak chizing. Unga simmetriya o‘qi o‘tkazish mumkinmi?Javob: mumkin emas.
- a) 9 ta cho‘pdan 4 ta teng tomonli uchburchak yasang.
b) 9 ta cho‘pdan 5 ta teng tomonli uchburchak yasang
- Mustahkamlash.
- Test savollari:
- Teng tomonli uchburchakdan nechta simmetriya o‘qi o‘tkazish mumkin?
- 1 ta 2 ta D. 3ta
- Turli tomonli uchburchakdan simmetriya o‘qi o‘tkazish mumkinmi?
- Mumkin Mumkin emas
- Aylanadan nechta simmetriya o‘qi o‘tkazish mumkin?
- 1ta 2ta D. Bir nechta
- 8 sm li kesmaning simmetriya o‘qini
- 8 sm 4 sm d. 2 sm
- Simmetrik jismni toping
- Kapalakning qanotlari Choynak, piyola D. Ruchka, qalam
- Baholash. O‘quvchilarni rag‘batlantirish va baholash.
- Uyga vazifa.
— Tomoni uzunligi 3 sm bo‘lgan kvadrat chizing. Uning qarama-qarshi burchaklarini birlashtirib, qanday uchburchak hosil bo‘lganligini tahlil qiling.
— Tomonlari 2 sm va 4 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizing. Qarama-qarshi ikkita burchaklarini birlashtiruvchi kesma o‘tkazing. Qaysi turdagi uchburchaklar hosil bo‘ldi?
Dilfuza IBRAGIMOVA,
Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi
28- umumta‘lim maktabning
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.