O‘QUVCHILARNING DARSGA BO‘LGAN QIZIQISHINI UYG‘OTUVCHI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

O‘QUVCHILARNING DARSGA BO‘LGAN QIZIQISHINI UYG‘OTUVCHI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

O‘QUVCHILARNING DARSGA BO‘LGAN QIZIQISHINI UYG‘OTUVCHI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

 

Zamonaviy ta’lim tizimi nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarda mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivoj­lantirishni ham taqozo etadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bu masala ayniqsa dolzarb, chunki shu bosqichda bolaning fikrlashi, dunyoqarashi va bi­lishga bo‘lgan qiziqishi shakllanadi.

An’anaviy dars usullarida o‘quvchilar ko‘proq tinglovchi rolida qatnashadi, bu esa mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivoj­lantirish imkoniyatlarini cheklaydi. Shu sababli interaktiv metodlardan foydalanish pedagogik jarayonda samarali vosita hisoblanadi.

Maqolaning maqsadi – boshlang‘ich sinflarda zamonaviy usullardan foydalanish orqali o‘quv­chilarning qiziqishini orttirish, mustaqil fikrlashini shakllantirish usullarini tahlil qilish.

Mustaqil fikrlash tushunchasi

Mustaqil fikrlash – bu o‘quvchining bilimlarni tayyor holatda qabul qilmasdan, ularni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish va xulosa chiqarish qobiliyatidir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash quyidagi ko‘nikmalar orqali namoyon bo‘ladi:

  • savol bera olish;
  • o‘z fikrini og‘zaki va yozma shaklda ifodalash;
  • muammoli vaziyatlarda yechim topish;
  • o‘z fikrini asoslab berish.

Shu ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun o‘quv­chilarning faolligi va darsga qiziqishini oshiradigan interaktiv metodlardan foydalanish zarur.

Interaktiv metodlarning pedagogik mohiyati

Ushbu metodlar – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi faol hamkorlikka asoslangan ta’lim usullaridir. Bu metodlar o‘quvchilarning bilish faolligini oshiradi, ularni dars jarayonining faol subyektiga aylantiradi va o‘z fikrini shakllantirish imkonini beradi.

Boshlang‘ich sinflarda keng qo‘llaniladigan inte­raktiv metodlardan biri – «Aqliy hujum» bo‘lib, u muammoni tezkor tahlil qilish va erkin fikrlar orqali yechishga yordam beradi. Men darslarimni doimiy ravishda hozirgi zamon talablari bilan uyg‘unlashtirgan holda tashkil etaman.

O‘quvchilarda erkin fikr bildirish va o‘z mulohazalarini asoslash ko‘nikmalarini shakllantirishda savol va topshiriqlarni ularning qiziqishlariga mos shaklda berish yuqori samara beradi. Masalan:

«Smartfon» usuli: Hozirgi kunda bolalar texnologiyaga juda qiziqqanliklari sababli, savollarni notebook, telefon maketlari yoki rasmlariga joylashtirgan holda taqdim etaman. Bu ularda go‘yoki «xabar yozish» yoki «ilovadan foydalanish»dek qiziqish uyg‘otadi.

 

Ushbu QR-code orqali  «Smartfon» usuli rasmlarini yuklab olish mumkun.

«Brendlar bilan matematika»: Matematik masalalarni bolalar sevib iste’mol qiladigan Coca-Cola, Fanta va Pepsi kabi ichimliklar rasmi bilan bog‘lab be­rish, darsdagi zerikarli hisob-kitoblarni qiziqarli o‘yinga aylantiradi.

Bunday yondashuv o‘quvchilarning darsga bo‘lgan ijobiy munosabatini oshiradi va o‘rganilayotgan mavzuning xotirada uzoq saqlanib qolishini ta’minlaydi.

 

Ushbu QR-code orqali «Brendlar bilan mate­matika» usuli rasmlarini yuklab olish mumkun.

Boshlang‘ich sinflarda interaktiv metodlardan, zamonaviy usullardan  foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini orttirishda va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali pedagogik vosita hisoblanadi.

«Smartfon» va «Brendlar bilan matematika» usullarining afzalliklari

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mavhum tu­shunchalardan ko‘ra, o‘zlariga tanish bo‘lgan narsalar orqali bilim olish ancha jozibaliroq va qiziqarliroq.

Bola darsni «majburiyat» emas, balki «o‘yin» sifatida qabul qiladi.

Matematik masalani quruq sonlar bilan emas, real hayotdagi mahsulotlar orqali yechish bolada rang-baranglikni shakllantiradi.

Inson miyasi matnga qaraganda tasvirlarni 60 000 marta tezroq qayta ishlaydi. Telefon shaklidagi tarqatma material yoki rangli brendlar bolaning ko‘z o‘ngida muhrlanib qoladi.

Bu esa mavzuning xotirada uzoq vaqt saqlanishini va qayta eslashini osonlashtiradi.

Hatto eng tortinchoq o‘quvchilar ham o‘zlari qiziqqan narsalar haqida gap ketganda befarq qolmaydilar. Natiyjada sinfdagi barcha o‘quvchilar jarayonga jalb qilinadi va darsda «passiv» o‘tiradigan o‘quvchilar kamayadi.

Aynura QURBASHOVA,

Mo‘ynoq tumanidagi 5-maktabning
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Fikr bildirish