BIRINCHI MARTA USTOZLAR ISHTIROKIDA VOLEYBOL BOʼYICHA RESPUBLIKA MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI
Mamlakatimizda ilk bor pedagog xotin qizlar oʼrtasida voleybol boʼyicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” musobaqasi boʼlib oʼtmoqda.

14 mingdan ortiq taʼlim muassasalarining 110 452 nafar ayol xodimlarini oʼzida qamrab olgan ushbu musobaqaning Respublika bosqichi ayni kunlarda Namangan shahrida oʼtkazilmoqda.
Unda barcha hududlarda gʼoliblikni qoʼlga kiritgan 14 ta jamoadan 112 nafar ayol oʼqituvchilar ishtirok etmoqda.

Musobaqaning respublika bosqichida:
1-oʼrin gʼoliblariga 150 mln soʼm
2-oʼrin gʼoliblariga 100 mln soʼm
3-oʼrin gʼoliblariga 70 mln soʼm pul mukofoti topshiriladi.
Shuningdek, barcha gʼoliblarning har biriga “Damas” avtomobillari topshiriladi
