VOLEYBOL BO‘YICHA “VAZIR KUBOGI” G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

VOLEYBOL BO‘YICHA “VAZIR KUBOGI” G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

VOLEYBOL BO‘YICHA “VAZIR KUBOGI” G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

Pedagog ayol-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi bahslari o’z yakuniga yetdi.

Taqdirlash tadbirida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Sherzod Karimov, vazir o’rinbosarlari — Farhod Boqiyev va Azizbek Turdiyev, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Rustam Djo‘rayev, Sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bozorov, ishtirokchi pedagoglar va mas’ullar qatnashdi.

➖ Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇Namangan viloyati, Yangiqo‘rg’on tumani 16-maktab jamoasi —1-o‘rinni,

🥈Navoiy viloyati, Navoiy shahar 11-maktab jamoasi 2-o‘rinni,


🥉Jizzax viloyati, Arnasoy tumani 22-maktab jamoasi 3-o’rinni qo‘lga kiritdi.

1-2- va 3-o’rin uchun mos ravishda 150 mln, 100 mln va 70 mln so‘m miqdorida pul mukofotlari hamda g’olib jamoalarga “Damas” avtomobillari topshirildi.

🔰 Shuningdek, musobaqaning Respublika bosqichi ishtirokchi jamoalariga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Ma’lumot o’rnida: “Vazir kubogi” musobaqasining barcha bosqichlarida mamlakatimizdagi 14 mingdan ortiq ta’lim muassasalarining 110 ming nafardan ortiq ayol pedagoglari ishtirok etdi.

Fikr bildirish