Darsning maqsadi:

 

ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga uch xonali sonlarni raqamlashni o‘rgatish hamda yangi minglik tushunchasini tushuntirish, misollarni mustaqil ishlashga o‘rgatish;

FK1:o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish, mavzuga doir tegishli misollar keltira olish;

tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, odob-axloq

qoidalariga rioya qilish haqida tushuncha berish;

 

TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob- axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash;

rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilar dunyoqarashini, matematika     faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi: noan’anaviy «Zinama-zina» texnologiyasi, «Mohir quruvchi», «Klaster» ta’limiy o‘yinlari.

 Darsning jihozlari: darslik, tarqatmali va ko‘rgazmali materiallar, kompyuter, shakllar, rasmlar.

 

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism.

 Salomlashish, davomatni aniqlash, navbatchi axborotini tinglash.

 Savol-javob

1. Hozir o‘lkamizda qaysi fasl?   (bahor)

2. Bahor faslida qanday muhim sanalarimiz bor?

3. 21- mart qanday kun?

4. Bugungi kunda yurtimizda Navro‘z bayrami qanday nishonlanadi?

(Yurtimizda har yili nishonlanib kelinayotgan Navro‘z bayrami, undagi urf-odatlar, an’analar hamda tayyorlanadigan milliy taomlar: halim, ko‘ksomsa, sumalak kabi taomlar haqida ma’lumot beriladi).

 II. O‘tilgan mavzuni takrorlash.

 — Bizga qaysi fan hisob-kitobni o‘rgatadi ?

— Matematika

— Demak, darsimiz –  matematika.

Doskada  3 nafar o‘quvchi «Klaster» usulida  matematika tushunchasini yoritib beradi.

 Uy vazifasi og‘zaki savol-javob usuli orqali tekshiriladi:

7- masala shartini o‘qituvchi o‘qib beradi:

Tikuvchi 6 ta paltoga 5 tadan va 9 ta kastumga  4 tadan tugma qadadi. Tikuvchi hammasi  bo‘lib nechta tugma qadagan?

Yeshish: 6x5+9x4=30+36=66

Javob: 66 ta tugma

 III. Yangi mavzu bayoni.

 (O‘qituvchi yangi mavzu mazmunini tushuntirib beradi)

Birlar, o‘nlar, yuzlar xona birliklari birgalikda      birinchi  sinf — birlar sinfini tashkil etadi.

10 birlik = 1 o‘nlik 1     yuzlik = 100 birlik

10 o‘nlik = 1 yuzlik       1 minglik = 1000 birlik

10 yuzlik = 1 minglik    1 minglik = 100 o‘nlik

 1. Jadval asosida hosil qilingan sonlarni tushuntiring

va ularni o‘qing.

Yuzlik

O‘nlik

Birlik

3

 

 

 

 

1

 

 3 yuzlik =300 ga        2 o‘nlik=20 ga   1 birlik=1 ga

Demak, 300+20+1= 321 ga teng.

2. Jadvaldagi raqamlardan hosil qilingan sonlarni o‘qing va ularni daftaringizga yozing.

(o‘quvchilar mustaqil tarzda bajaradilar.)

Yuzlar xonasi

O‘nlar xonasi

Birlar xonasi

 

2

5

8

 

 

5

3

2

 

 

7

9

6

 

 257,  539, 826.

Guruhlarga bo‘linib, har bir guruhdan bir nafar o‘quvchi  mustaqil bajaradi.

 3. Bir satrga bir xonali sonlarni, ikkinchi satrga ikki xonali sonlarni, uchinchi satrga uch xonali sonlarni o‘sib borish tartibida yozing:

18, 116, 62, 9, 6, 358, 469, 75, 8, 854, 96, 5.

1-guruh: bir xonali sonlarni – 5,6,8,9

2-guruh: ikki xonali sonlarni – 18, 62, 75, 96

3- guruh: uch xonali sonlarni – 116,358, 469, 854

yozadilar

4. Har bir qatordagi sonlarni o‘qing:

1          2          3         4         5         6        7

10        20        30       40       50       60       70

100      200      300     400     500     600     700

a) sonlarning xona birliklarini ayting;

b) har bir ustundagi sonlar nimasi bilan o‘xshash,

nimasi bilan farq qiladi?

(Ushbu mashq har bir guruh o‘quvchilariga savol-javob asosida beriladi va to‘g‘ri javoblar soniga qarab rag‘bat kartochkasi beriladi).

5. Taqqoslang:

200 < 300         500 = 500         700 > 600

400 < 900         600 > 300         400 < 700

 (5-misol har bir guruhga  2 tadan qilib beriladi).

 IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

«Mohir hisobchi» o‘yini  o‘tkaziladi.

1- guruhga:

3 yuzlik 2 o‘nlik 1 birlik                181

5 yuzlik 2 o‘nlik 9 birlik                 321

1 yuzlik 8 o‘nlik 1 birlik                 529

 

2- guruhga:

3 yuzlik 5 o‘nlik 1 birlik                  824

7 yuzlik 6 o‘nlik 1 birlik                  351

8 yuzlik 2 o‘nlik 4 birlik                  761

 

 3- guruhga:

7 yuzlik 2 o‘nlik 3 birlik                   581

5 yuzlik 8 o‘nlik 1 birlik                   379

3 yuzlik 7 o‘nlik 9 birlik                   723

  «Zinama-zina» texnologiyasi asosida o‘quvchilarga 5 ta imkoniyat beriladi, har bir bajarilgan imkoniyat bir pog‘ona ko‘tarilishga olib keladi.

 V. O‘quvchilarni baholash.

 Har bir guruhning to‘plagan rag‘bat kartochkalari soni va  ko‘tarilgan zinasi o‘rniga qarab, olgan bahosi e’lon qilinadi.

 VI. Darsni yakunlash.

Uyga vazifa: 6 - 7- misol va masala  (166- bet).

  

 

Shahzoda YULDOSHEVA,

Namangan viloyati Chust tumanidagi

31- umumta’lim maktabining

boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

 

 

 

 

 

Add comment


Security code
Refresh