Geometrik shakllarni o‘rgatishda yangi pedtexnologiyalarni ta’lim mazmuniga singdirish bugungi kun o‘qituvchisi uchun dolzarbdir. Geometrik shakllarni o‘rgatib borisharkan, o‘qituvchi o‘quvchilarni zarur bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, ularning dunyoqarashi, irodasi, xarakterini shakllantiradi, ham aqliy qobiliyatini rivojlantiradi.

Yigirma yildan buyon yoshlarga saboq berib kelaman. Matematika darslarida innovatsion texnologiyalar, didaktik o‘yinlar, zamonaviy ko‘rgazma qurollaridan foydalanib, yuqori samaradorlikka erishish mumkinligi tajribadan ma’lum.

Matematika darslarida geometrik shakl elementlarini o‘rgatishda, asosan, qalam, chizg‘ich, go‘niya, sirkul, paletka kabi o‘quv qurollaridan foydalaniladi. Men yaratgan «Mixli doska» taxta, ip va mixdan tashkil topgan. Bu doska yordamida geometrik shakllarni tez va oson o‘rgatish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

 

 

Yasalishi: to‘rtburchak shaklida taxta olinadi. To‘rtburchak ichida aylana markazi va radiusi chiziladi. So‘ng aylana markazi belgilanadi. Aylananing markaziga teng uzoqlikda nuqtalar aniqlab belgilanadi. Aylananing markaziga va har bir belgilangan nuqtaga mix qoqiladi. 1,5 m ip yetarli bo‘ladi. Aylananing yon tomoniga 8ta mix ustun shaklida qoqib qo‘yiladi. Qoqilgan mixlarga A, B, D, E, F, G harflari osiladi.

Ko‘rgazmali quroldan foydalanish tartibini quyidagi dars misolida ko‘rib chiqamiz.

Mavzu «Geometrik shakllarni o‘rganish».

Darsning maqsadlari:

ta’limiy: o‘quvchilar bilimini mustahkamlash, fikrini aniq bayon etish qobiliyatini o‘stirish;

tarbiyaviy: o‘quvchilarning matematika faniga qiziqishini yanada orttirish, matematika fani orqali hayotni to‘g‘ri tasavvur eta olish malakasini o‘stirish;

rivojlantiruvchi: fikrlash qobiliyati, og‘zaki nutqini rivojlantirish.

Metod: suhbat, savol-javob, didaktik o‘yinlar.

Shakl: jamoa, har bir o‘quvchi bilan individual ishlash.

Jihoz: darslik, ko‘rgazmali qurollar, rasmlar, tarqatma materiallar va «Mixli doska».

  1. Tashkiliy qism.

(Darsimiz salomlashishdan boshlanadi. Sana, kun, oy haqida savol-javob qilish. Sinf tozaligini tekshirish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarning darsga tayyor­garligini tekshirish. O‘quvchilarni
3 guruhga bo‘lish, guruhlarga nom qo‘yish).

1- guruh       2- guruh           3- guruh

«Uchburchak» «Kvadrat»         «Aylana»

Interfaol usulda guruhlarga bo‘linib ishlash davomida quyidagi qoidalarga rioya qilinadi:

1. Intizomli bo‘lish.

2. Faollik ko‘rsatish.

3. Do‘stining fikrini hurmat qilish.

4. Vaqtdan unumli foydalanish.

O‘qituvchi: — Qani, bolajonlar, hozir qaysi dars?

O‘quvchilar:

Matematika darsi.

Hisob kitob qilamiz.

Raqamlarning sirini,

Puxta bilib olamiz.

  1. O‘tilgan mavzuni so‘rash.

O‘qituvchi: — Bolalar, aytingchi, biz nima uchun matematikani o‘rganishimiz kerak?

O‘quvchilar: — Hisob-kitobni, sanashni, geometrik shakllarni o‘rganish uchun.

O‘qituvchi: — Qani bo‘lmasa, sinab ko‘ramiz. Kim «Mixli doska» yordamida to‘rtburchak va uchburchak hosil qilib beradi?

(O‘quvchilar quyidagi shakllarni hosil qilishadi).

O‘tilgan mavzu qo‘shish va ayirish, bo‘lish va ko‘paytirish, geometrik shakllarni o‘rganish savol va javob tariqasida mustah­kamlanadi.

  1. Yangi mavzu bayoni.

Rejada ko‘rsatilgan nuqta, egri, to‘g‘ri, siniq chiziqlar, kesma, ko‘pburchaklar, uchburchak, to‘rtburchak, kvadrat, boshqa ko‘pburchaklar, ularning elementlari, tomonlari, burchaklari, uchlari, burchak turlari (to‘g‘ri, o‘tkir, o‘tmas) aylana va doira (aylana markazi va radiusi) geometrik figuralar va ularning xossalari haqida ma’lumot beriladi. O‘quvchilarda aniq, to‘g‘ri tasavvur va dastlabki tushunchalarni tarkib toptirish uchun mixli doska va uzunligi 1,5 m ipdan foydalanamiz.

Burchaklari to‘g‘ri bo‘lgan to‘rtburchaklar to‘g‘ri to‘rtburchaklar deyiladi (2-, 3- shakllar).

Kvadrat

Tomonlari teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchaklar kvadrat deyiladi. Chizmadagi 3- shakl kvadrat.

Perimetr

Ko‘pburchak tomonlarining yig‘indisi uning perimetri deyiladi. A B C uchburchakning perimetri 11 sm.ga teng.     

To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi: 4 – 2 = 8.

Javob: 8 sm2.

Ixtiyoriy nuqtadan baravar uzoqlikda yotgan nuqtalar yig‘indisi aylana deyiladi.

Aylanalar

O — aylana markazi,

O, C — aylananing radiusi,

A, C — aylananing diametri.

Doira

Tekislik bian chegaralangan aylana doira deyiladi.

Darslik bilan ishlash.

Tenglama usulida misollar yechish.

x · 10   = 250                 

x = 250 : 10                   

x = 25

 

x · 4 = 40                

x = 40 : 4                

x = 10

 

x · 5 = 100

x = 100 : 5

x = 20

 

(20 · 5)   + 300      

(15 · 4)   + 200      

(20 · 5)   + 44

Dam olish daqiqasi (harakatli mashq bajarish).

Matematik olimlar haqida suhbat.

O‘qituvchi: — Matematik olim, bobomiz Muhammad al-Xorazmiy haqida kim nima biladi?

O‘quvchi: — Al-Xorazmiy bobomiz matematik olim bo‘lgan. 0dan 9gacha bo‘lgan sonlar, ular ustida bajariladigan amallar qoidalarini va boshqa ko‘p arifmetik qonunlarni yaratgan matematika, astronomiya, geografiya fanlari rivojiga katta hissa qo‘shgan.

(O‘quvchilar 0dan 9gacha bo‘lgan sonlarni «Mixli doska»da ko‘rsatib berishadi).

Masalan: 7 raqami shaklini quyidagicha hosil qilinadi.

  1. Yangi mavzuni mustah­kamlash.

Birinchi guruh o‘quvchilari bilgan maqollardan aytib beradi, ikkinchi guruh maqollarga oid masalalar tuzadi. Uchinchi guruh esa tuzilgan masalani doskada bajarib masalani yechishadi va «Mixli doska»da ko‘rsatib berishadi.

O‘qituvchi: — Shu mavzu bo‘yicha savollar beraman. (Savollar yozilgan varaqlar tarqatiladi).

Uchburchakdan uchta ol,

To‘rtburchakdan to‘rtta ol.

Tomonlarin hisoblab,

Sanog‘ini sanab sol.

  1. Dars yakuni.

O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki hisobga olinib, to‘plagan ballari, rag‘bat kartochkalari hisoblanadi, g‘olib guruh aniqlanadi. Darsda eng faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanib, g‘olib guruh rag‘batlantiriladi.

  1. Uyga vazifa. Geometrik shakllarni o‘rganish.

              

Baxtiyor JANIBEKOV,

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi 50- maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

 

Add comment


Security code
Refresh