Maktab hovlisida o‘tkaziladigan ushbu mashg‘ulot yozgi ta’til mavsumiga mo‘ljallangan. Maqsad bolalarni bir-biri bilan do‘st-inoq bo‘lishga, o‘yinlarda faol qatnashishga undash, chiroyli, xatosiz yozish ko‘nikmasini rivojlantirishdan iborat.

Sahna bayramona bezatilgan. Tinchlik va ezgulikka chorlovchi shiorlar, nuroniy keksalarimiz, yosh avlodni, mustaqillikni namoyish etadigan baxtiyor suratlar, plakatlar osilgan, ekranda  mavzuga oid slaydlar ko‘rsatiladi. «Inson xotirasi — muqaddas tuyg‘u», «2015- yil — Keksalarni e’zozlash yili» shiorlari yozilgan. Tantanali kechaga faxriy keksalarimiz, ota-onalar, o‘qituvchi va o‘quvchilar taklif etiladi. Musiqa ostida sahnaga kecha boshlovchilari kirib kelishadi. (Sh.Mahmudovaning «Xotira va qadr» she’rini o‘qishadi).

 Darsning maqsadlari:

ta’limiy: o‘quvchilarga «Yoz» applikatsiyasi haqida bilim berish,  qo‘l mehnatiga  o‘rgatish;

tarbiyaviy: har bir muammoni xushmuomalalik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish, mehnatsevarlik fazilatlarini tarbiyalash; inson mehnatini qadrlash haqidagi tasavvurini, dunyoqarashini kengaytirish;

Sahna milliy ruhda bezatiladi. O‘rtaga bobomizning portreti qo‘yiladi. Amir Temur haqida berilgan quyidagi fikrlar sahnada aks ettiriladi:

«Tengsiz azm-u shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo‘lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o‘zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi. Ilm-u fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma’naviyat rivojiga keng yo‘l ochdi».                    (I.Karimov).

Sahna bahor fasliga mos bezatilgan, gullar, qaldirg‘ochlar, kurtak yozgan daraxtlar, qushlar rasmlari va «Assalom, Navro‘z!», «Navro‘zingiz muborak!», «Navro‘z bayramingiz  qutlug‘ bo‘lsin!» degan shiorlar, o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan varrak yasash musobaqasi g‘oliblarining varraklari osilgan. Tadbirga buvi-buva, ota-ona, ustozlar taklif etiladi. Ushbu bayram tadbiri ekologik kecha sifatida ham o‘tkazilishi mumkin. Karnay-surnay sadolari ostida jarchilar ikki tomondan chiqib, hammani bayram tantanasiga chorlaydi.  

Kirish qismi:

1- o‘quvchi: — Assalomu alaykum, aziz ota-onalar! Maktabimizga xush kelibsiz!

2- o‘quvchi: — Sizlar uchun o‘tkazila­digan bugungi mashg‘ulotimiz «Tarbiya oiladan boshlanadi» deb nomlanadi.

3- o‘quvchi: — Ota-ona farzand uchun eng aziz va mo‘tabar insonlardir. Ularni hurmat qilish bizning burchimiz hisoblanadi.