Ta’tilda kimdir maktab qoshida ochilgan yozgi dam olish oromgohida xordiq chiqarishi   rejalashtirgan bo‘lsa, yana boshqa o‘quvchilar so‘lim tabiat qo‘ynidagi sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘l olmoqchi. Bolalarning maroqli dam olishini tashkillashtirishda yozgi sog‘lomlashtirish va maktablar qoshida ochilgan oromgohlarda bir-biridan qiziqarli to‘garak mashg‘ulotlarini olib borishning samarasi katta.

 Bolalarga ta’lim-tarbiya berish, ularda zarur hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ijtimoiy odob o‘rgatish mas’uliyati muqaddas Vatanimizning suyanchi — ustoz-muallimlarimizni hammadan ko‘p tashvishga solishi tabiiy. Fidoyi pedagoglarimizning farzandlar kamoli, yurt istiqboli uchun jon kuydirib zahmat chekayotgani, yoshlarimiz toleyini baland, jamiyatimizni bundanda yuksak mavqelarda ko‘rish ishtiyoqi har qancha tahsinga loyiq! Shunday muallimlardan biri Dilnoza Narzullaeva tahririyatimizga maktub yo‘llab, o‘z tajriba va tavsiyalarini yozib yuboribdi. Buning uchun o‘qituvchiga behad minnatdorchilik bildiramiz! Maktubni o‘qirkan, unda tilga olingan chaqimchilik masalasiga kengroq to‘xtalish zarurati ham sezildi. Shu bois, quyida mavzuga oid qo‘shimcha fikrlar bayon qildik, ikkalasi bir-birini to‘ldiradi, degan umiddamiz.

Bugun kompyuter va internetning imkoniyatlaridan foydalanmaydigan kishilarni uchratish qiyin. Ayniqsa, yoshlar zamonaviy texnologiyalarga tezda moslashib oladi. Bu yaxshi, albatta. Farzandlari zamon bilan hamnafas ravishda texnikaning so‘nggi yangilik­laridan xabardor bo‘lib, ulardan bevosita foydalanishlari ko‘p­chilik ota-onalarni quvontiribgina qolmay, ularning xavotiriga ham sabab bo‘lmoqda.