Didaktik o‘yinlardan bolalarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, nutq o‘stirish, tabiat bilan tanishtirish va ekologik ta’lim jarayonini tashkil etishda keng foydalaniladi.

 

Odatda, o‘quvchining yangi mavzuni o‘zlashtirib olishi uchun turli amaliy mashqlarga murojaat qilinadi. Ammo o‘yin shaklida   o‘tkaziladigan mashqlar bolalarning diqqatini ko‘proq jalb   qilishi, qiziqtirishi bilan   ajralib turadi. Didaktik o‘yinlarda bolalar takrorlash lozim bo‘lgan   so‘z yoki harakatni osonlik bilan   o‘zlashtirib oladilar.

Didaktik   o‘yinning boshqa o‘yin turlaridan farqi shundaki, undan boshlang‘ich va maktabgacha yoshdagi   bolalarga ta’lim berishda keng foydalaniladi. Bola o‘yin jarayonida bilim oladi, malaka va ko‘nikmalar hosil qiladi. Didaktik   o‘yin o‘z ichiga, asosan, quyidagi   to‘rt omilni qamrab   oladi:

— o‘yinning vazifasi;  

— harakati;  

— qoidasi;  

— yakuni.

1. Har bir didaktik o‘yinda   ma’lum maqsadga qaratilgan vazifa qo‘yiladi. Bu vazifa bolalarga bilim va ma’lumot berishni nazarda tutadi.

Didaktik o‘yinda boladan ma’lum vazifani bajarish talab qilingani   bois, o‘yin davomida u o‘zining fikrlash qobiliyatini faollashtiradi, oldingi olgan bilimlarini eslashga harakat qiladi.

Bolalar bilan o‘tkaziladigan didaktik o‘yinlar ularda aniq bilimga, narsa va buyumlarga qiziqish uyg‘otishi,   diqqatini jalb qila olishi lozim. Agar o‘quvchilar oldiga qo‘yilgan vazifa ularning tushunchasiga mos bo‘lmay, bolalarni qiynab qo‘ysa, o‘yin   o‘z qimmatini yo‘qotadi. Chunki o‘quvchi   qiziqmagach, vazifa bajarilmaydi va kutilgan natijaga erishilmaydi.

2. Didaktik o‘yinning yana bir xususiyati bu o‘yin harakatidir. O‘yin harakati bolalarni   o‘ziga jalb qiladi va ularning faoliyatini rivojlantiradi. U mazmuniga ko‘ra turlichadir. Ayrim didaktik o‘yinlarda o‘quvchilardan yengil qo‘l va oyoq   harakatlarini bajarish talab qilinsa, yana ayrimlarida chaqqonlik talab etiladi. Kichik maktab yoshidagi bola uchun esa bu ayni muddao bo‘lib, ularning zerikishiga yo‘l qo‘ymaydi.

3. Didaktik o‘yinlar o‘quvchi­larning nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz etishga, so‘zni o‘rinli va to‘g‘ri ishlatishga, gap va bog‘lanishli nutqni izchil tuza olishga o‘rgatadi. Buning uchun o‘qituvchi dars davomida qiziqarli o‘yinlarning xilma-xil usullaridan foydalanishi zarur. Zero, shundagina imlo va talaffuzdagi xatolarning oldini olish, savodxonligini   oshirish, bir so‘z bilan aytganda, ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining katta o‘qituvchilari Z. QORAYEV va G. RO‘ZIYEVAlarning imlo va nutq o‘stirishga doir qiziqarli o‘yinlardan namunalarning to‘liq ko‘rinishini jurnalimizning 2014-yil sentabr sonida mutolaa qiling.

Add comment


Security code
Refresh